Boe «Galatasaroy»ga o'tdi
Kelishuvda istanbulliklarda futbolchini sotib olish majburiyati yo‘q.
ФОТО: Getty images
“Galatasaroy” klubi himoyachi Sasha Boeni “Bavariya”dan ijaraga olganini e’lon qildi.
Kelishuvda istanbulliklarda futbolchini sotib olish majburiyati yo‘q.
“Galatasaroy” 25 yoshli futbolchining ijara puli sifatida 500 ming yevro to‘ladi. Shuningdek, Sasha mavsum oxirigacha 1,75 million yevro maosh oladi. Yozda esa 15 million yevroga to‘liq transfer amalga oshirilishi ham mumkin.
Boe bu mavsumda “Bavariya” safida Bundesligada 9 ta bahsda maydonga tushgandi. U ilgari “Galatasaroy”da o‘ynagan va “Bavariya”ga yo‘l olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist