locale OZ

Bobur Abdixolikov \"Kelajak bunyodkori\" medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shgan hissasi uchun futbolchiga davlat mukofoti topshirildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston terma jamoasi va Ozarbayjonning “Sumg‘ayit” PFK hujumchisi Bobur Abdixolikov "Kelajak bunyodkori" davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu medal mamlakat terma jamoasi yutuqlariga qo‘shgan hissasi uchun berildi.

Avvalroq Bobur terma jamoa a’zolaridan ayrimlari singari “O‘zbekiston iftixori” unvonini olmagan edi, bu esa sport jurnalistlari va muxlislar o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

2017 yilda tashkil etilgan "Kelajak bunyodkori" medali yoshlar o‘rtasida erishilgan katta muvaffaqiyatlar uchun beriladi.

2022 yili Belarus chempionatida eng yaxshi futbolchi deb e’tirof etilgan Abdixolikov bugungi kunda ham o‘zbek futbolidagi yetakchi o‘yinchilardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab kelmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting