locale OZ

Bobb London klubiga o‘tishi mumkin

Futbolchining transfer bozoridagi narxi 25 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bobb London klubiga o‘tishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Oskar Bobb APLning boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Mail Sport nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda norvegiyalik futbolchining xizmatlariga "Kristal Pelas" jamoasi qiziqish bildirmoqda.

"Burgutlar" Bobbni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishni rejalashtirgan. Futbolchining transfer bozoridagi narxi 25 million yevroni tashkil etadi. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

22 yoshli vinger joriy mavsum Gvardiola qo‘l ostida 17 ta uchrashuvda harakat qilib, 1 ta gol urdi va 1 ta assistni qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting