locale OZ

Bobb «Fulxem»ga o'tishi mumkin

London klubi norvegiyalik futbolchi bo'yicha taklif yuborgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bobb «Fulxem»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” vingeri Oskar Bobb transfer oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar tarqatishicha, londonliklar 22 yoshli futbolchi uchun 35 million funtga yaqin mablag' taklif qilishgan.

Shuningdek, norvegiyalik futbolchining xizmatiga Dortmundning "Borussiya" klubi ham qiziqish bildirmoqda. Tez orada nemis klubi taklif bilan chiqish yoki chiqmaslik borasida bir qarorga keladi. “Kristal Pelas” ham uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Bobb joriy mavsum APLda 9 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting