locale OZ

Boateng Avstriya klubi bilan shartnomani bekor qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boateng Avstriya klubi bilan shartnomani bekor qildi
Фото: Getty Images

Himoyachi Jerom Boateng Avstriyaning LASK klubi bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.

36 yoshli futbolchi 2024 yildan beri ushbu klub safida to‘p surib kelayotgandi. Bu vaqt davomida 14ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Jerom 2011-2021 yillarda “Bavariya” safida o‘ynagan. Myunxen klubida barcha turnirlarda 363ta o‘yinda 10ta gol urdi va 25ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Keyinchalik “Lion” va “Salernitana” jamoalarida ham harakat qilgan. Germaniya terma jamoasida 76ta o‘yinda maydonga chiqib, 1ta gol urgan. 2014 yilda JCH g‘olibiga aylangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting