locale OZ

BMT Oliy komissari AQShni JCh-2026 arafasida migratsiya siyosatini qayta koʻrib chiqishga chaqirdi

Avvalroq Oʻzbekiston chuqurlashtirilgan tekshiruvdan oʻtkazilgandi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
BMT Oliy komissari AQShni JCh-2026 arafasida migratsiya siyosatini qayta koʻrib chiqishga chaqirdi
FOTO: Getty Images

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Volker Tyurk Vashingtonni 2026 yilgi Jahon chempionati kontekstida migratsiya siyosati amalga oshirilishini sinchiklab qayta koʻrib chiqishga chaqirdi.

«Migratsiya siyosati inson huquqlari va qadr-qimmatiga zarar yetkazayotgan bir paytda, uning qoʻllanilishi qayta koʻrib chiqilishiga chin dildan umid qilaman.

Jahon chempionati munosabati bilan, ayniqsa bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlarida ustunlik qilayotgandek tuyulayotgan ayrim siyosiy jihatlarni qayta oʻylab koʻra olamiz deb umid qilaman», — dedi Tyurk.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha 2026 yilgi Jahon chempionati uchrashuvlari uchta mamlakat: AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida 11 iyundan 19 iyulga qadar boʻlib oʻtadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting