locale OZ

BMB PFC va Maksam-Chirchiq yarim finalda

Amaldagi chempion va Kubok sohibi - BMB PFC jamoasi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida yirik hisobda dog'da qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
BMB PFC va Maksam-Chirchiq yarim finalda
photo: UFF

Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida bugun O‘zbekiston kubogi – 2026 musobaqasining dastlabki ikki chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ularda Oliy liga jamoalari ustun kelishdi.

Amaldagi chempion va Kubok sohibi - BMB PFC jamoasi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida yirik hisobda dog'da qoldirdi.

Oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan “Guliston” jamoasi esa “Maksam-Chirchiq”qa jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Sirdaryoliklar hatto birinchi taymni o‘z foydalariga hal etishdi. Ammo tanaffusda shogirdlariga kerakli ko‘rsatmalarni bera olgan tajribali Bahodir Ahmedov o‘yinda tub burilish yasay oldi. Gollarga boy o‘yinda "Maksam-Chirchiq" 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Chorak finalning yana ikki uchrashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi. Unda SQB – “Oil Star”, “Lokomotiv” – “Nasaf” bilan kuch sinashadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting