locale OZ

Bizga mukofotlar kerak, pensiyadagi o‘yinchilar emas: “Inter Mayami” muxlislari Messini tanqid qilishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bizga mukofotlar kerak, pensiyadagi o‘yinchilar emas: “Inter Mayami” muxlislari Messini tanqid qilishdi
Bizga mukofotlar kerak, pensiyadagi o‘yinchilar emas: “Inter Mayami” muxlislari Messini tanqid qilishdi

“Inter Mayami” muxlislari jamoaning KONKAKAF Chempionlar Ligasi safidan chiqib ketganidan so‘ng Lionel Messini keskin tanqid ostiga olishdi. AQSH klubi yarim finalda Kanadaning “Vankuver” jamoasiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilar, jumladan, 37 yoshli argentinalik hujumchiga nisbatan salbiy fikrlar tarqaldi. Ko‘pchilik muxlislar jamoada yulduzli veteranlar ishtirokidagi model rivojlanishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlashdi.

— Men Messining ketishini istayman. Leo jamoa taraqqiyotini sekinlashtirmoqda. O‘ziga boshqa klub topsin. Bizga sovrinlar kerak, pensiyadagi o‘yinchilar emas, — deb yozdi ThePessiLad taxallusli foydalanuvchi.
— Bu yig‘loqi Messini va qariya Suaresni yo‘qotaylik, — deya qo‘shimcha qildi Laisser Maeda.
— Messining ketishi haqida bayonot kutayapmiz, — deb yozdi Kody Cicale.

Lionel Messi 2023 yil yozida “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Qator yorqin o‘yinlariga qaramay, jamoaning noaniq natijalari va muxlislar bosimi ortib borayotgan bir paytda argentinalik yulduzga bo‘lgan tanqidlar ham kuchaymoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting