«Biz tarix yaratdik». Ederson “Manchester City”dagi faoliyatini sarhisob qildi
ФОТО: Getty images
“Manchester City”dan Turkiyaning “Fenerbahche” klubiga yo‘l olgan darvozabon Ederson ingliz klubidagi faoliyati haqida so‘z yuritdi.
"Sakkiz mavsumda oltita Premer-liga chempionligi. Biz, jamoamiz tarix yaratdi. Futbolchilar, xodimlar, bu klub tarix yaratdi.
Manchesterga kelganimda juda yosh edim va jamoa libosini kiyishni orzu qilganman. Bu yerda yuzlab orzularimiz ushaldi va o‘sha lahzalardan benihoya xursandman.
Sakkiz yildan so‘ng boshqa klubga o‘tish, uy o‘zgartirish oson emas. Lekin tanlovimdan ham, oilam ham baxtli. O‘ylayman, bu oilamiz uchun yaxshi qaror bo‘ldi”, — deydi braziliyalik darvozabon.
Eslatib o‘tamiz, Ederson “shaharliklar” safida 19 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist