locale OZ

«Biz oxirigacha kurashamiz». Skaloni — Argentina terma jamoasining JCh–2026dagi maqsadiga to‘xtaldi

Argentinaliklar amaldagi jahon chempionlari hisoblanishadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Biz oxirigacha kurashamiz». Skaloni — Argentina terma jamoasining JCh–2026dagi maqsadiga to‘xtaldi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni milliy jamoaning bo‘lajak jahon chempionati – 2026ga kayfiyati haqida fikr bildirdi.

«Biz muhim palladamiz, bizda hammasi yaxshi. Bu hech narsani kafolatlamaydi, ammo o‘yinchilar bor kuchlarini ishga solishlariga va hozirgidek o‘ynashda davom etishlariga meni ishontirishmoqda. Ular hujumda ham, himoyada ham haqiqiy tomosha ko‘rsatishmoqda. Ular go‘yoki ertangi kun yo‘qdek yugurishadi.

To‘p darvozaga kiradimi yo yo‘qmi – bu ikkinchi darajali. Odamlar bu jamoani qo‘llab-quvvatlaydi, bunga shubham yo‘q. Jahon chempionatida hammadan yaxshi o‘ynagan jamoa g‘alaba qozonmaydi, bunga ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Biz oxirigacha kurashamiz», – deya Skalonining so‘zlarini keltiradi Olé.

Argentinaliklar amaldagi jahon chempionlari hisoblanishadi. Turnirning guruh bosqichi doirasida ular Jazoir (17 iyun), Avstriya (22 iyun) va Iordaniya (28 iyun) bilan o‘ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting