«Biz chempion bo'lishni xohlaymiz». Niko Uilyams — Ispaniya terma jamoasining JCH-2026dagi maqsadi haqida
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Niko Uilyams jamoa hanuz 2026 yilgi jahon chempionatining bosh sovrinini qo‘lga kiritish niyatida ekanini aytdi.
«Jahon chempionati juda uzoq davom etadi, biz esa chempion bo‘lishni xohlaymiz. Xotirjam ishlaymiz. Ishonchim komilki, keyingi o‘yinda jamoadan mutlaqo boshqacha qiyofani ko‘rasizlar», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida ispanlar Kabo-Verde terma jamoasi bilan durang o‘ynadi (0:0).
Ispaniya terma jamoasining navbatdagi o‘yini 21 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoa Atlantada Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.