Bissuma maydonga tushganidan 9 soniya oʻtib jarohat oldi
JCh-2026 saralashi doirasida Mali va Madagaskar oʻzaro to'qnash keldi.
FOTO: Getty Images
Londonning «Tottenhem» klubi yarimhimoyachisi Iv Bissuma JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi oʻyinda ishtirok etdi.
Uning jamoasi — Mali Madagaskar bilan bahs olib bordi. Biroq Bissuma maydonga tushganidan atigi 9 soniya oʻtib to‘pig‘idan jarohat olib, oʻyinni tark etishga majbur boʻldi.
Shunga qaramay, Mali yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ammo bu natija jamoaga yordam bermadi. Mali guruhda 3-oʻrinni egallab, Jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmadi.
Eslatib oʻtamiz, Bissuma klubda ham muammolarga duch kelgan. «Tottenhem» futbolchini yozgi transferlar vaqtida sotishga urinib koʻrgandi, biroq bu harakatlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.