locale OZ

“Birodar Abduraimov va To‘lagan Isoqov vorislari” metodik qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Birodar Abduraimov va To‘lagan Isoqovning boy tajribasi hamda futbol an’analarini davom ettirishga qaratilgan metodik qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Birodar Abduraimov va To‘lagan Isoqov vorislari” metodik qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi
photo: UFA

“Birodar Abduraimov va To‘lagan Isoqov vorislari” metodik qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun o‘zbek futboli tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan afsonaviy futbolchilar Birodar Abduraimov va To‘lagan Isoqovning boy tajribasi hamda futbol an’analarini davom ettirishga qaratilgan metodik qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida milliy futbol maktabining boy merosini o‘rganish, ustozlar tajribasini yosh avlodga yetkazish va ushbu bilimlardan futbolchilarni tayyorlash jarayonida samarali foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Taqdimotda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham o‘z fikrlarini bildirib, o‘zbek futbolining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan insonlar tajribasini o‘rganish, ularning bilim va qarashlarini tizimlashtirish hamda yosh avlodga yetkazish muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, afsonaviy futbolchilar va murabbiylarning tajribasi faqat tarixiy xotira sifatida qolib ketmasdan, bugungi futbol ta’limi va mashg‘ulotlar jarayonida ham o‘z aksini topishi lozimligini qo‘shimcha qildi.

Mazkur metodik qo‘llanma futbolimizning boy an’analarini davom ettirish, to‘plangan tajribani ommalashtirish hamda yosh futbolchilar va murabbiylar uchun muhim uslubiy manba yaratish yo‘lidagi qadamlardan biridir.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting