«Birmingem Siti» klubi 12 ta minorali stadion qurishini e'lon qildi
Mazkur arena 62 ming muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.
FOTO: Getty Images
Angliyaning «Birmingem Siti» klubi yangi stadion qurish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi.
Loyihaga ko‘ra, yangi arena 62 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, uning qurilish qiymati 2,5 milliard funt sterlingni tashkil etadi.
Stadion dizaynining asosiy o‘ziga xos jihati — 12 ta minora bo‘ladi. Ular tutun chiqarish mo‘rilari ko‘rinishida bo‘lib, Birmingem mintaqasining sanoat tarixiga ramziy ishora sifatida tasavvur qilinmoqda.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, yangi arena 2030 yilgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Hozirda «Birmingem Siti» Chempionshipda ishtirok etmoqda va Angliya futbolining ikkinchi divizonida 11-o‘rinda bormoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist