locale OZ

“Birinchi zarbda tizzagacha, ikkinchisida belgacha, uchinchisida...” Vakillarimizdan yirik g’alaba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Birinchi zarbda tizzagacha, ikkinchisida belgacha, uchinchisida...” Vakillarimizdan yirik g’alaba
PHOTO: Telegram

Hozirgina Saudiya Arabistonida bo’lib o’tayotgan U-17 Osiyo chempionatining 3 tur bahslari doirasidagi Saudiya Arabistoni va O’zbekiston terma jamoalari o’rtasidagi uchrashuv o’z nihoyasiga yetdi. Unda vakillarimiz yirik 0:3 hisobida g’alaba qozonib, mezbonlarni yer tishlatishdi.

O’yinning birinchi bo’limida hisob ochilmadi, 0:0. Hammasi ikkinchi bo’limga qoldi, qolaversa 3 turgacha har ikki terma jamoa ham guruhdan chiqish masalasini hamda jahon chempionati yo’llanmasini naqd qilib ulgurgandi.

Ikkinchi bo’limning 57 daqiqasida Jamshidbek Rustamov penaltidan unumli foydalanib hisobni ochdi. Bahsning 63 daqiqasida qarshi hujumga qochib ketgan U-17 terma jamoamiz futbolchilari ikkinchi golni kiritishdi. Bu safar Asilbek Aliyev gol muallifiga aylandi, 0:2.

Uchrashuvning 70 daqiqasida Jamshidbek Rustamov havolatib uzatib berilgan topni Zidan uslubida to’xtatmasdan zarba berib darvozaga “mixlab” o’z hisobiga dublni rasmiylashtirib qo’ydi, 0:3

Shunday qilib ushbu o’yin, mashhur kinoda aytilganidek, “birinchi zarbda tizzagacha, ikkinchisida belgacha, uchinchisida yelkagacha” iborasiga mos tushdi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting