locale OZ

Birinchi liga. 1/8 final o‘yinlari 4-7 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Barcha bellashuvlarga Toshkentdagi Odil Ahmedov futbol akademiyasi maydoni mezbonlik qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Birinchi liga. 1/8 final o‘yinlari 4-7 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Фото: Биринчи лига

Kechа — 21-oktyabr kuni Birinchi liganing hududiy bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Ilk bor 3 ta zonaga bo‘lib o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi noyabr oyida aniqlanadi.

“Birinchi liga reglamenti”dan kelib chiqib, har zonaning eng yaxshi 5 tadan jamoasi pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘z hududida eng yaxshi bo‘lgan ikkita jamoa, jami 6 ta jamoa hamda uch zonaning 2 ta eng yaxshi 3-o‘rin egalari pley-off qur’asi oldidan birinchi savatchadan joy oladi.

Qolgan 7 ta jamoa va reglament bo‘yicha musobaqaga Liga tomonidan taklif etiladigan mehmon jamoa ikkinchi savatchadan joy oladi.

Pley-offning 1/8 final bosqichi o‘yinlari 4, 5, 6, 7-noyabr kunlari, mos ravishda ¼ final 23-24 noyabr, ½ final 26-noyabr hamda final uchrashuvi 28-noyabr kuni o‘tkaziladi. Barcha bellashuvlarga Toshkentdagi Odil Ahmedov futbol akademiyasi maydoni mezbonlik qiladi.

1/8 finalga qur’a bugun — 18:00 da tashlanadi. Jarayon Liganning rasmiy sahifalari orqali jonli ko‘rsatiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting