Beyl Alonsoning isteʼfosi haqida: «Ajablanmadim, «Real» qanday ishlashini yaxshi bilaman»
«Tottenhem», Madridning «Real» klubi hamda Uels terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Garet Beyl Xabi Alonsoning «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi lavozimidan iste’fosi borasida fikr bildirdi.
«Xabi? Men bunga ajablanmadim. «Real» qanday ishlashini juda yaxshi bilaman. Agar natija bo‘lmasa, seni ishdan bo‘shatishadi», — deya Beylning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib oʻtamiz, ispaniyalik mutaxassis «Real»ni 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Bungacha u Germaniyaning «Bayer» klubida faoliyat yuritgan. Xabi Alonsoning o‘rnini madridliklarning yana bir sobiq futbolchisi — Alvaro Arbeloa egalladi.
Ispaniya chempionatida «Real» hozirda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. 20 ta uchrashuvdan so‘ng madridliklar 48 ochko jamg‘argan.