locale OZ

«Besiktosh» Vlahovichning maoshini ma'lum qildi

Vlahovichning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Besiktosh» Vlahovichning maoshini ma'lum qildi
ФОТО: Getty images

"Besiktosh" serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

26 yoshli forvard Istanbul klubi bilan 2028/29 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Uning kafolatlangan yillik maoshi 7,5 million yevroni tashkil etadi.

Vlahovich joriy yozda "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etdi. Serbiyalik hujumchi 2022 yildan buyon Turin klubi safida to'p surib kelayotgan edi.

U 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Vlahovichning bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting