locale OZ

«Beshiktosh» Vanya Milinkovich-Savich transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

«Napoli» tajribali darvozabonni taxminan 15 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Beshiktosh» Vanya Milinkovich-Savich transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Foto: Getty Images

Turkiyaning «Beshiktosh» klubi «Napoli» darvozaboni Vanya Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, Istanbul klubi 29 yoshli serbiyalik darvozabonga jiddiy qiziqish bildirmoqda va tomonlar transfer shartlari yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «Napoli» tajribali darvozabonni taxminan 15 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda va transfer bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting