locale OZ

«Beshiktosh» Saloh transferini yakunlashga yaqin

Bu haqda Sporx nashri Sabahga tayanib xabar berdi.
«Beshiktosh» Saloh transferini yakunlashga yaqin
ФОТО: Getty images

Turkiyaning "Beshiktosh" klubi "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh transferi ustida ishni davom ettirmoqda va yaqin kunlarda kelishuvni yakunlashga umid qilmoqda. Bu haqda Sporx nashri Sabahga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar avvalroq printsipial kelishuvga erishgan edi. Biroq futbolchining vakillari qo'shimcha talablar qo'ygach, transfer rasmiylashuvi kechikkan.

Qayd etilishicha, "Beshiktosh" prezidenti Serdal Adalim Saloh uchun avval taklif qilingan 12 million yevrolik paketni oshirish niyatida emas. Klub rahbariyati misrlik futbolchi vakillarining yuqori moliyaviy talablarini qabul qilmasligini bildirgan. Shunga qaramay, muzokaralar davom etmoqda va so'nggi ikki kun ichida tomonlar o'rtasida faol aloqalar bo'lib o'tgan. Murosa ehtimoli ham mavjud.

Xabar qilinishicha, Salohning vakillari yaqin vaqt ichida yana Istanbulga kelib, klub rahbariyati bilan uchrashadi. Bu muzokara hatto bugunning o'zidayoq bo'lib o'tishi mumkin.

Shuningdek, futbolchining rafiqasi Istanbulga ko'chib o'tish g'oyasini qo'llab-quvvatlayotgani va bu qarorga ma'lum ta'sir o'tkazayotgani ta'kidlangan.

Manbaning yozishicha, Salohning o'zi shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha hech qanday e'tirozga ega emas. Agar uning vakillari dastlab kelishilgan moliyaviy shartlarga qaytsa, transfer darhol yakunlanadi.

"Beshiktosh" rejasiga ko'ra, kelishuv ertagacha to'liq yopilishi va futbolchi payshanba kuni "Tyuprash" stadionida "Midtjylland"ga qarshi uchrashuv oldidan muxlislarga rasmiy tanishtirilishi kerak. Shu bois agent Rami Abbas bilan bugun bo'lib o'tadigan uchrashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Muhammad Salohni 2017 yili "Roma"dan 42 million yevroga sotib olgan edi. Misr terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan Saloh bir gol va ikki golli uzatma muallifi bo'lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting