locale OZ

«Beshiktosh» Kieza bo‘yicha «Liverpul» bilan muzokara o‘tkazmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Beshiktosh» Kieza bo‘yicha «Liverpul» bilan muzokara o‘tkazmoqda
ФОТО: Getty images

"Beshiktosh" so‘nggi 48 soat davomida "Liverpul" hujumchisi Federiko Kieza bilan bog‘lanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turkiyaliklar futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ingliz klubi italiyalik futbolchini ijaraga bermoqchi emas. Klub faqat sotuv bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.

Ta’kidlanishicha, uning "Beshiktosh"ga o‘tishi borasidagi pozitsiyasi haligacha noaniq bo‘lib qolmoqda.

Kieza joriy mavsumda barcha turnirlarda uchta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 14 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting