locale OZ

«Beshiktosh» Gerreyru bilan shartnoma imzolashi mumkin

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 6 mln yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Beshiktosh» Gerreyru bilan shartnoma imzolashi mumkin
ФОТО: Getty images

"Beshiktosh" klubi Myunxenning "Bavariya" jamoasining 32 yoshli portugaliyalik himoyachisi Rafael Gerreyru bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda jurnalist va insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Turk klubi bosh murabbiyi Sergen Yalchin tajribali, jahon darajasidagi o‘yinchilarga muhtoj va Gerreyru yozgi transfer oynasida asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.

"Bavariya" va himoyachi o‘rtasidagi shartnoma iyun oyida yakuniga yetadi. Bu esa "Beshiktosh"ga portugaliyalikni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Joriy mavsum Gerreyru klub safida 24 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 6 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting