locale OZ

\"Beshiktosh\" Abraham transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Beshiktosh" Abraham transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

"Roma" sobiq hujumchisi Temmi Abraham faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

"Beshiktosh" 27 yoshli ingliz futbolchisi bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi. Turk klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga oldi.

"Beshiktosh" futbolchining ikki yillik ijara muddati uchun 2 milliondan 4 million yevrogacha to'lasa, ushbu muddatdan keyin uni sotib olish uchun "Roma" hisobiga 13 million yevro o'tkazadi.

Shu tariqa, u yaqinda jamoani tark etishi ma'lum bo'lgan Ciro Immobile o'rnida harakat qiladi.

O'tgan mavsumda Abraham "Milan"da ijarada o'ynadi va A Seriyaning 28 uchrashuvida 3 gol va 4 assist qayd etdi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting