locale OZ

Bernardu Silvaning «Real Madrid»ga oʻtish tafsilotlari maʼlum boʻldi

Unga koʻra, futbolchi yangi klubida yiliga 20 million yevro maosh oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silvaning «Real Madrid»ga oʻtish tafsilotlari maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Yarimhimoyachi Bernardu Silva Madridning «Real» klubiga oʻtadi, deya xabar bermoqda Transfer News Live insayder Fabrisio Romanoga tayanib. 31 yoshli portugaliyalik futbolchi «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etadi va «Qirollik klubi» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.

Manbaga koʻra, futbolchining «Real»dagi maoshi yiliga 20 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, oʻyinchi 10 million yevro miqdorida shartnoma imzolagani uchun bonus (koʻtarma puli) oladi, uning agenti Jorje Mendes va otasiga esa yana 10 million yevro komissiya puli toʻlanadi.

Yakunlangan mavsumda yarimhimoyachi «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 53 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2017-yildan buyon ingliz klubidagi faoliyati davomida 19 ta sovrin, jumladan, 6 ta APL chempionligi va Chempionlar Ligasini qoʻlga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting