locale OZ

Bernardu Silvaning «Barselona»ga oʻtishiga bir qadam qoldi

Tomonlar oʻrtasida 2028 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silvaning «Barselona»ga oʻtishiga bir qadam qoldi
FOTO: Getty Images

Portugaliyalik yarimhimoyachi Bernardu Silva erkin agent maqomida «Barselona»ga oʻtishga bir qadam qoldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning taʼkidlashicha, 31 yoshli futbolchi «koʻk-anorranglilar» bilan 2028 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaydi. Shuningdek, unda bitimni yana bir yilga — 2029 yilgacha uzaytirish bandi ham koʻzda tutilgan.

Avvalroq AS nashri Bernardu Silvaning nomzodi Madridning «Real» klubiga taklif qilingani haqida xabar bergan edi. Marca esa Madridning «Atletiko» klubi yarimhimoyachi bilan ikki yillik (yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan) shartnoma imzolashga tayyor boʻlgani haqida maʼlum qilgan edi.

30 iyun kuni Bernarduning 2017 yildan buyon toʻp surib kelayotgan «Manchester Siti» bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Yakunlanayotgan mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 53 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting