locale OZ

Bernardu Silvaga A Seriyaning uch klubi qiziqish bildirmoqda

Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silvaga A Seriyaning uch klubi qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva kelasi yilda klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, futbolchiga “Napoli”, “Yuventus” va “Milan” jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Portugalialikning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalarida tugaydi – tomonlar shartnomani uzaytirmoqchi emas.

A Seriya vakillari uchun muammo futbolchining maoshi bo‘lishi mumkin: hozir u haftasiga deyarli 350 ming yevro maosh oladi.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Avgust oyida "shaharliklar" sardori 31 yoshga to'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting