locale OZ

Bernardu Silva yaqinda yangi klubini tanlaydi

"Barselona" va "Yuventus" jamoalari asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silva yaqinda yangi klubini tanlaydi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva o‘z kelajagi borasida yaqin vaqt ichida qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Hozircha ma'lum bo‘lgani — u mavsum yakunlangach, "shaharliklar"ni erkin agent sifatida tark etadi.

31 yoshli portugaliyalik futbolchiga asosiy da'vogarlar sifatida "Barselona" va "Yuventus" ko‘rilmoqda.

"Men yangi klubim borasidagi qarorni Jahon chempionati boshlanishidan oldin qabul qilmoqchiman. Terma jamoa yig‘iniga yetib kelganimda o‘z kelajagimni allaqachon bilgan bo‘lishga umid qilaman", — dedi Silva Canal 11ga bergan intervyusida.

Portugaliya milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni DR Kongo milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Keyinchalik Roberto Martines shogirdlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi (23 iyun) va Kolumbiya milliy terma jamoasi (28 iyun) bilan bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting