locale OZ

Bernardu Silva: «Real»ning qanchalik buyukligini azaldan bilardim»

Portugaliyalik yarim himoyachi «Real»dagi taqdimot marosimida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silva: «Real»ning qanchalik buyukligini azaldan bilardim»
photo: gettyimages

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva «Real»dagi taqdimot marosimida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, klubning Chempionlar Ligasidagi 15 ta kubogini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganda juda hayratda qolgan.

«Men juda baxtiyorman. Bu yerga kelib, ushbu zalini, shuncha kuboklarni ko‘rganingizda... Men «Real»ning qanchalik buyukligini azaldan bilardim, ammo stadionga kelib, Chempionlar Ligasining 15 ta kubogini ko‘rganingizda, bu insonga juda katta taassurot qoldiradi. Ularni bu yerda ko‘rish — alohida tuyg‘u. Shunday 15 ta trofeyga ega bo‘lgan klubda o‘ynash hammaga ham nasib etavermaydi. Men juda faxrlanaman va bu klub uchun bor kuchimni berishni xohlayman», — deydi Silva The Touchline nashri keltirgan iqtibosda.

Bernardu Silva «Manchester Siti»dagi to‘qqiz mavsumlik faoliyatidan so‘ng «Real»ga ko‘chib o‘tdi. Portugaliyalik futbolchi Madrid klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting