Bernardu Silva «Real»ga taklif qilindi — AS
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silvaning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh 31 yoshli futbolchi xizmatlarini Madridning «Real» klubiga taklif qildi. Avvalroq futbolchi mavsum yakunlangach, ingliz klubini tark etishini ma’lum qilgan edi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Ispaniya grandi olti karra Angliya chempioni xizmatlariga qiziqish bildirmayapti. Ta’kidlanishicha, Bernarduning o‘zi faoliyatini top-klubda davom ettirishni istamoqda.
Joriy mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlar doirasida 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.