locale OZ

Bernardu Silva «Real Madrid» bilan shartnoma imzolaydi

Tomonlar oʻrtasida 2028 yilga qadar moʻljallangan kelishuv tuziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silva «Real Madrid» bilan shartnoma imzolaydi
FOTO: Getty Images

31 yoshli yarim himoyachi Bernardu Silva Madridning «Real» klubi bilan 2028 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolaydi. Shartnomada futbolchining oʻtkazgan oʻyinlariga qarab, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham koʻzda tutilgan. Bu haqda jurnalist Ben Fernandes Santos maʼlum qildi.

Manbaning xabariga koʻra, portugaliyalik futbolchi «Qirollik klubi» bilan mehnat kelishuvining barcha shartlarini kelishib olgan.

Yakunlangan mavsum oxirida Bernardu «Manchester Siti»ni tark etgan edi. U oʻtgan mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting