Bernardu Silva: «Real» chaqiruviga rad javobini berishning iloji yo‘q edi»
Portugaliyalik futbolchi erkin agent maqomida jamoa safiga kelib qo‘shildi.
ФОТО: Getty images
Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva “Real” klubidagi ilk mashg‘ulotidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Real”ga qarshi ko‘p bor o‘ynaganman va bu klubning naqadar buyuk ekanini his qilish mumkin. Bu yerda bo‘lish, "Santiago Bernabeu" kabi muhtasham stadionda to‘p surish — alohida baxt. “Real”dan qo‘ng‘iroq bo‘lganida rad etishning iloji yo‘q edi. Ikkilanmadim ham. Shuningdek, oilamga, Portugaliyaga yaqin ekanim va madaniyatning o‘xshashligi ham muhim omil bo‘ldi. Ammo futbol tarixidagi eng buyuk klubda o‘ynash orzum edi. Buni klubning qo‘lga kiritgan sovrinlari ham isbotlaydi. Men juda baxtliman”, — dedi Silva.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist