Bernardu Silva mavsum oxirida «Man Siti»ni tark etishi mumkin
Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagan.
FOTO: Getty Images
Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Bernardu Silva yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
«Bernardu Silva mavsum oxirida erkin agent sifatida “Manchester Siti”ni tark etishga yaqin. Hozircha klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishilmagan. Bir nechta Yevropa klublari allaqachon unga kelasi yil uchun shartnoma takliflari bilan murojaat qilgan», — deb yozdi Skira.
Maʼlumot uchun, Bernardu joriy mavsum Angliya chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u Chempionlar ligasida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist