locale OZ

Bernardu Silva \"Manchester City\"dan ketishga yaqin — portugal futbolchisi yozda \"Barselona\"ga o'tishni xohlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silva "Manchester City"dan ketishga yaqin — portugal futbolchisi yozda "Barselona"ga o'tishni xohlamoqda
Bernardu Silva "Manchester City"dan ketishga yaqin — portugal futbolchisi yozda "Barselona"ga o'tishni xohlamoqda

"Manchester City" va Portugaliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Bernardu Silva mavsum yakunida ingliz klubini tark etmoqchi. Bu haqda Todofichajes portali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "Barselona"ga o'tish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda va kataloniyaliklar uning uchun asosiy variant hisoblanadi. Uning transfer narxi 58–60 million yevro atrofida baholanmoqda. Bunday shartnomani amalga oshirish uchun "Barselona" tarkibidan kimnidir sotishga to'g'ri kelishi mumkin.

Bernardu Silva 2017 yil yozida "Manchester City" safiga qo'shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda APL doirasida 29 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli pas muallifi bo'ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting