locale OZ

Bernardu Silva faoliyatini «Barselona»da davom ettirmoqchi, biroq kataloniyaliklarning rejalari boshqacha

«Ko'k-anorranglilar» eng avvalo markaziy himoyachi va hujumchi sotib olishni maqsad qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bernardu Silva faoliyatini «Barselona»da davom ettirmoqchi, biroq kataloniyaliklarning rejalari boshqacha
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi joriy yozda o‘z nihoyasiga yetadigan yarimhimoyachi Bernardu Silva «Barselona»ga o‘tishni o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib belgiladi. Futbolchining nomzodi agent Jorje Mendesh orqali «ko‘k-anorranglilar»ga taklif qilingan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi rahbariyati Bernardu bilan shartnoma imzolanishini «qiziqarli kelishuv» deb hisoblamoqda, biroq ayni damda jamoaning ushbu pozitsiyasida futbolchilar soni haddan tashqari ko‘p ekanligini ham tushunib turibdi. Shu sababli, «Barselona» «Manchester Siti» sardorini safiga qo‘shib olish masalasiga unchalik e’tibor qaratmayapti. Chunki «blaugrana» yozgi transferlar oynasida, eng avvalo, markaziy himoyachi va hujumchi sotib olishni maqsad qilgan. Shunday bo‘lsa-da, klub mutasaddilari 31 yoshli yarimhimoyachining yuqori mahoratiga shubha qilishmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, Bernardu Silva joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 5 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting