Bernardo Silva «Barselona»ga oʻtishga rozilik berdi
«Manchester Siti» klubining 31 yoshli yarimhimoyachisi Bernardu Silva kelasi mavsumda «Barselona» safiga oʻtishga rozi boʻldi. Bu haqda nufuzli AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, transfer yakunlanish arafasida turibdi, biroq hali toʻliq rasmiylashtirilmagan. Kataloniya klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida toʻliq kelishuvga erishgan. «Barselona» sport direktori va prezidenti Silvani jamoada koʻrishni juda ham xohlashmoqda. Futbolchining oʻzi ham Yevropaning boshqa grandlaridan boʻlgan takliflarga rad javobini berib, aynan kataloniyaliklar variantini tanlagan.
Portugaliyalik yulduzga Madridning «Atletiko», Portugaliyaning «Benfika» klublari hamda Turkiya, Fransiya, Italiya va Saudiya Arabistoni jamoalaridan jiddiy qiziqishlar bor edi.
Biroq ushbu kelishuv «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik tomonidan maʼqullanishi kerak va transfer faqatgina uning yakuniy roziligi bilan amalga oshadi.
Eslatib oʻtamiz, 30 iyun kuni Bernardoning 2017 yildan buyon toʻp surib kelayotgan jamoasi — «Manchester Siti» bilan shartnomasi yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi. Yakunlangan mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.