locale OZ

Bergvall yozda «Tottenhem»ni tark etmoqchi

Uning amaldagi shartnomasi 2031 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bergvall yozda «Tottenhem»ni tark etmoqchi
ФОТО: Getty images

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Lukas Bergvall yozgi transfer oynasida klubni tark etishni rejalashtirmoqda.

20 yoshli shved futbolchisi klub rahbariyatiga jamoani o‘zgartirish istagini bildirgan. Unga Angliya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.

Bergvall 2024 yilda «Yurgorden»dan «Tottenhem» safiga kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2031 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Shuningdek, «Tottenhem»ning yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish rejalari ham futbolchining ketish ehtimolini oshirmoqda. London klubi ushbu pozitsiya uchun yangi futbolchilar transferini ko‘rib chiqmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting