locale OZ

Benzema va “Al-Hilol” o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi

Hozircha fransiyalik futbolchi jamoani tark etishi haqida gap yoʻq.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benzema va “Al-Hilol” o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi
FOTO: Getty Images

Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, Karim Benzema va “Al-Hilol” rahbariyati o‘rtasida hujumchining jamoadagi roli borasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Manbaga ko‘ra, Benzema o‘zini jamoaning asosiy markaziy hujumchisi sifatida ko‘rmoqda. Biroq klub murabbiylar shtabi va rahbariyati yangi mavsumda hujum chizig‘ini boshqacha shakllantirish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Shu sababli tomonlar o‘rtasida fikrlar mos kelmayapti.

Hozircha Benzemaning klubni tark etishi haqida gap yo‘q. Ammo vaziyat yaqin haftalarda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarga bog‘liq bo‘ladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting