locale OZ

Benzema shartnomadagi muammolar sabab «Al Ittihod»ning navbatdagi oʻyinida maydonga tushmoqchi emas

38 yoshli hujumchi klub taklif qilayotgan yangi bitim shartlaridan norozi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benzema shartnomadagi muammolar sabab «Al Ittihod»ning navbatdagi oʻyinida maydonga tushmoqchi emas
FOTO: Getty Images

«Al Ittihod» yulduzi Karim Benzema jamoasining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. 29 yanvar kuni 19-tur doirasida kechadigan «Al Fateh»ga qarshi safar o‘yini oldidan fransuz futbolchisi va klub rahbariyati o‘rtasida sovuqchilik yuzaga keldi. Bu haqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Insayderning ma’lum qilishicha, 38 yoshli hujumchi klub taklif qilayotgan yangi shartnoma shartlaridan mutlaqo norozi. Vaziyat shu darajaga yetganki, Benzema rahbariyatga bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishni istamayotganini shaxsan ma’lum qilgan.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hozircha hech qanday natija bermadi, bu esa «Oltin to‘p» sohibining maydonga tushishdan bosh tortishiga asosiy sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Benzemaning amaldagi shartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Tajribali forvard joriy mavsumda «Al Ittihod» safida 21 ta o‘yinda 16 ta gol urib, jamoasining eng samarali o‘yinchisi bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, Jidda klubi 17 o‘yindan so‘ng 30 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting