Benzema Ronalduning ustidan kuldi
«Al Hilol» safiga o‘tgan hujumchi Karim Benzema «An Nasr» forvardi Krishtianu Ronalduning jahlini chiqaradigan hazil bilan chiqish qildi. The Telegraph nashrining xabar berishicha, fransiyalik futbolchi transferi yakunlangach, «Real»dagi sobiq jamoadoshiga provokatsion xabar yo‘llagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Krishtianu Ronaldu qishki transfer oynasida «An Nasr» tarkibi kuchaytirilmaganidan, raqib «Al Hilol» esa Benzemani o‘z safiga qo‘shib olganidan norozi bo‘lib turgan edi.
«Manbaga ko‘ra, Benzema Ronalduga yo‘llagan xabarida nafaqat maoshi oshgani, balki yana chempionlikka erishishi haqida yozgan. Bu esa g‘alaba va chempionlikka tashna Ronalduga unchalik xush kelmagani aytilmoqda», — deyiladi nashr xabarida.
Ayni damda Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida «Al Hilol» 50 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «An Nasr» esa yetakchidan bor-yo‘g‘i bir ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.