locale OZ

Benzema, Pogba, Karvaxal: transfer oynasidan keyin ham klubsiz qolgan yulduzlar

Ro‘yxatdagi eng taniqli futbolchilardan biri — Karim Benzema.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benzema, Pogba, Karvaxal: transfer oynasidan keyin ham klubsiz qolgan yulduzlar
Foto: Getty Images

Yevropaning yetakchi chempionatlarida yozgi transfer oynasi 1-sentabr kuni yopildi. Biroq erkin agent maqomidagi futbolchilar ayrim ligalarda yangi jamoa bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega. Hozir ular orasida jahon futbolida katta nom qozongan bir qator yulduzlar ham bor.

Ro‘yxatdagi eng taniqli futbolchilardan biri — Karim Benzema. 2022-yilgi “Oltin to‘p” sohibining so‘nggi klubi “Al-Hilol” bo‘lgan. Shuningdek, Pol Pogba “Monako”dan, Dani Karvaxal va David Alaba esa “Real Madrid”dan ketganidan keyin yangi jamoa topgani yo‘q.

Hozirda erkin agent maqomida turgan mashhur futbolchilar:

  1. Karim Benzema — “Al-Hilol”
  2. Pol Pogba — “Monako”
  3. Riyod Mahrez — “Al-Ahli”
  4. Dani Karvaxal — “Real Madrid”
  5. David Alaba — “Real Madrid”
  6. Serxio Ramos — “Monterrey”
  7. Jeydon Sancho — “Manchester Yunayted”
  8. Rahim Sterling — “Feyenoord”
  9. Jeymi Vardi — “Kremoneze”
  10. Filippe Koutinio — “Vasko da Gama”

Ma’lumot uchun, erkin agentlar transfer oynasi yopilganidan keyin ham klub bilan shartnoma imzolashi mumkin. Shu sabab ushbu futbolchilarning ayrimlari yaqin vaqt ichida Yevropa, Saudiya Arabistoni yoki boshqa chempionatlardan taklif olishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting