locale OZ

Benzema «Lion»ga futbolchi sifatida qaytmaydi — manba

38 yoshli futbolchi ushbu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benzema «Lion»ga futbolchi sifatida qaytmaydi — manba
FOTO: Getty Images

«Al Hilol» hujumchisi Karim Benzema ijtimoiy tarmoqdagi jonli efir vaqtida «Lion» klubiga futbolchi sifatida qaytish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

38 yoshli fransiyalik hujumchining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zi tarbiyalangan jamoada qayta to‘p surishiga shubha qilmoqda. Biroq Benzema futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng klub rahbariyatiga qo‘shilish ehtimolini istisno qilmadi.

Benzema 2005 yildan 2009 yilga qadar «Lion»ning asosiy tarkibida harakat qilgan va shundan so‘ng «Real»ga o‘tgan edi. U Fransiya klubi safida barcha turnirlar doirasida 148 ta o‘yinda maydonga tushib, 66 ta gol va 25 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Benzema shu yilning fevral oyida «Al Ittihod»dan «Al Hilol» jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting