locale OZ

Benzema jarohat sabab safdan chiqdi

Yakuniy qaror o‘yindan oldin qabul qilinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benzema jarohat sabab safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

"Al-Hilol" hujumchisi Karim Benzema son sohasidagi yaqinlashtiruvchi mushagidan jarohat oldi. Bu haqda arab nashrlari xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 38 yoshli frantsuzning Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi bugungi "At-Taavun"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi. Yakuniy qaror o‘yin oldidan qabul qilinadi.

Joriy chempionatda "Al-Hilol" safida 3 ta o‘yinda maydonga tushgan Benzema o‘z hisobiga 3 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ygan. Bungacha u mavsum davomida "Al-Ittihod" tarkibida 14 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta to‘p kiritgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting