locale OZ

Benzema «Al Ittihod» muxlislari bilan xayrlashdi

Fransiyalik futbolchi avvalroq «Al Hilol» futbolchisiga aylangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benzema «Al Ittihod» muxlislari bilan xayrlashdi
FOTO: Getty Images

Yaqindagina «Al Ittihod»dan «Al Hilol» safiga ko‘chib o‘tgan hujumchi Karim Benzema o‘zining sobiq klubidagi faoliyati yakunlangani borasida bayonot berdi.

«Al Ittihod», ushbu sahifa yakunlanmoqda, ammo hurmat va minnatdorchilik abadiy qoladi. Klubga, xodimlarga, jamoadoshlarimga va ayniqsa muxlislarga har kuni menga ko‘rsatgan samimiy kutib olishlari, mehri va kuch-quvvati uchun rahmat aytaman.

Bu yo‘l menga ham shaxsiy, ham professional nuqtayi nazardan juda ko‘p narsa berdi. Men bu ranglarni himoya qilganimdan va birgalikda erishgan natijalarimizdan faxrlangan holda, boshimni baland ko‘tarib ketmoqdaman. Sizga kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman. Hurmat bilan, KB», — deb yozdi Benzema o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq fransiyalik forvard «Al Ittihod» taklif qilgan yangi shartnomani rad etgani ma’lum bo‘lgan edi. Benzema 2023 yil yozidan buyon Saudiya chempionatida to‘p surib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Karim Benzema barcha turnirlar doirasida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting