Benteke «Di Si Yunayted»ni tark etib, Yevropaga qaytmoqchi
«Liverpul» sobiq hujumchisi JCh-2026da qatnashishni maqsad qilgan.
FOTO: Getty Images
«Di Si Yunayted» hujumchisi Kristian Benteke Belgiya chempionatiga qaytishni ko‘rib chiqmoqda. Sobiq «Liverpul» va «Kristal Pelas» forvardi milliy jamoa bosh murabbiyi Rudi Garsiya e’tiborini o‘ziga qaratib, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgan. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchini «Anderlext» va «Bryugge» kuzatib bormoqda.
Benteke MLS’da 2022 yildan beri o‘ynamoqda. 2024 yilda u mavsum yakunlariga ko‘ra liga ramziy jamoasiga kiritilgan. Joriy yilda 35 yoshli hujumchi AQSh chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist