Benteke – «Al-Vahda» futbolchisi
Belgiya futbolchisi so‘nggi 4 yilni MLSda — "DC United" klubida o‘tkazgandi.
ФОТО: Getty images
Kristian Benteke faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
35 yoshli hujumchi BAAning "Al Vahda" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Belgiya futbolchisi so‘nggi 4 yilni MLSda — "DC United" klubida o‘tkazgandi.
Kristian faoliyati davomida "Liverpool", "Aston Villa" va "Crystal Palace" kabi APL klublarida ham harakat qilgan.
O‘tgan mavsumda MLSda 25 o‘yinda 9 gol va 3 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist