Benjamin Sheshko jarohati sabab bir oyga safdan chiqdi
«MYU» hujumchisi «Tottenhem»ga qarshi oʻyinda tizzasini shikastlab olgandi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» hujumchisi Benjamin Sheshko jarohat sabab taxminan bir oyga safdan chiqdi.
Futbolchi 8 noyabr kuni Premer-liga doirasidagi «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda (2:2) jarohat oldi. U 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan, biroq o‘yinning oxiriga yaqin tizzasidagi og‘riq sabab maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.
Sky Sports ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiy ko‘rik jiddiy shikastlanish yo‘qligini tasdiqladi. Shunga qaramay, hujumchiga taxminan to‘rt haftalik dam olish kerak bo‘ladi.
Eslatib oʻtamiz, Sheshko o‘tgan yoz «RB Leypsig»dan «Manchester Yunayted»ga 5 yillik shartnoma asosida o‘tgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist