locale OZ

Benito Mussolinining chevarasi “Latsio” safida debyut qildi

23 yoshli himoyachi A Seriya doirasidagi “Genuya”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, klubning asosiy jamoasidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Benito Mussolinining chevarasi “Latsio” safida debyut qildi
Foto: Getty Images

Benito Mussolinining chevarasi Romano Floriani Mussolini “Latsio” safida debyut qildi. 23 yoshli himoyachi A Seriya doirasidagi “Genuya”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, klubning asosiy jamoasidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Floriani Mussolini bahsning ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv Rim shahridagi “Stadio Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Qiziq jihati, ushbu stadion Benito Mussolini davrida qurilgan va 1932-yilda ochilgan. Tarixiy arena o‘sha davrda Rimdagi yirik sport inshootlaridan biri sifatida foydalanilgan.

Ma’lumot uchun, Romano Floriani Mussolini “Latsio” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida bir nechta klublarda ijara asosida to‘p tepgan va 2026/27-yilgi mavsumda “Latsio”ning asosiy jamoasi tarkibidan joy oldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting