locale OZ

«Benfika» Vinisius bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi: «Real» futbolchilari buni eshitishlari imkonsiz edi»

Hozirda UEFA mazkur holat yuzasidan intizomiy surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» Vinisius bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi: «Real» futbolchilari buni eshitishlari imkonsiz edi»
FOTO: Getty Images

Portugaliyaning «Benfika» klubi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Real» bilan o‘yinda yuz bergan Vinisius Junior va Janluka Prestianni ishtirokidagi voqea yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy bayonot berdi.

«Burgutlar» matbuot xizmati Vinisius irqchilik haqida shikoyat qilish uchun hakam Fransua Leteksyega murojaat qilgan lahzaning videosini e’lon qildi.

«Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, oraliq masofani hisobga olsak, «Real» futbolchilari o‘zlari eshitganini da’vo qilayotgan gaplarni eshitishlari imkonsiz edi», — deyiladi «Benfika» xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinning ikkinchi bo‘limida braziliyalik hujumchi «Benfika» a’zosi uni «maymun» deb haqoratlaganini aytganidan so‘ng bahs to‘xtatilgan edi. Hozirda UEFA mazkur holat yuzasidan intizomiy surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting