«Benfika» prezidenti «Real»ga qarshi oʻyindan soʻng madridliklar xodimi bilan janjallashib qoldi
Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan «Benfika» va «Real» (0:1) uchrashuvidan so‘ng, stadionning ichki yo‘lagida janjal kelib chiqdi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, to‘qnashuvda «Benfika» prezidenti Ruy Koshta va «qirollik klubi»ning murabbiylar shtabi yoki o‘yinchilariga aloqador bo‘lmagan vakili ishtirok etgan. Tomonlar bir-birlariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatishgani, vaziyatni esa atrofdagilar aralashuvi bilan tinchlantirilgani qayd etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu janjalga irqchilik bilan bog‘liq mojaroli vaziyat sabab bo‘lgan. Gap shundaki, lissabonliklar tarkibidagi italiyalik futbolchi Janluka Prestianni o‘yin davomida «Real» yulduzi Vinisius Junior manzili tomon irqchi xarakterdagi so‘zlarni ishlatgani aytilmoqda. Aynan shu holat o‘yindan so‘ng rahbarlar darajasidagi hissiyotli bahsga aylanib ketgan.