locale OZ

«Benfika» Prestiannining diskvalifikatsiyasi yuzasidan UEFAga apellyatsiya beradi

Avvalroq Janluka «Real»ga qarshi javob oʻyinini oʻtkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Benfika» Prestiannining diskvalifikatsiyasi yuzasidan UEFAga apellyatsiya beradi
FOTO: Getty Images

Lissabonning «Benfika» klubi UEFA tomonidan yarimhimoyachi Janluka Prestianniga nisbatan chiqarilgan vaqtinchalik diskvalifikatsiya qaroriga rasmiy munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi birinchi o‘yinida (0:1) «Real» vingeri Vinisius Junior argentinalik futbolchi uni «maymun» deb haqoratlaganini da’vo qilgan edi. UEFA ushbu holat bo‘yicha surishtiruv boshlagan va bugun, 23 fevral kuni Prestiannini javob o‘yinidan chetlatishga qaror qildi.

«Benfika» klubining rasmiy bayonotida shunday deyiladi:

«Klub surishtiruv ishlari yakunlanmasdan turib futbolchidan ayrilganidan afsusda va UEFAning ushbu qarori ustidan apellyatsiya beradi. Garchi vaqt nuqtayi nazaridan bu javob o‘yiniga ta’sir qilmasligi ehtimoli yuqori bo‘lsa-da, biz o‘z pozitsiyamizni himoya qilamiz.

Shuningdek, «Benfika» irqchilik va kamsitishning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashda sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu qadriyatlar bizning tariximiz, kundalik faoliyatimiz va klub afsonasi Eysebio kabi buyuk shaxslarimiz merosining bir qismidir».

Shu tariqa, Prestianni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadigan javob bahsini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Ammo klub o‘z futbolchisining aybsizligiga ishonmoqda va uning nufuzini himoya qilishda davom etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting